The tradition & historical record
2 min read · 2 sourcesBuxoro teatri, Sadriddin Ayniy nomidagi davlat musiqali drama va komediya teatri – toʻngʻich oʻzbek professional teatrlaridan. 1921-yil Fayzulla Xoʻjayev tashabbusi bilan havaskorlar guruhi asosida tashkil qilinib, 1922-yil „Tuhmatchilar jazosi“ (Hamza) spektakli bilan ochilgan. Ikkinchi spektakli „Turkiston tabibi“ (Mannon Uygʻur, 1923). Tashkilotchisi va badiiy rahbari – Mannon Uygur, Hikmat Latipov, Lutfulla Nazrullayev, N. Rahmonov, L. Latipov, Saʼdixon Tabibullayev, N. Gʻaniyev va boshqa teatrning ilk ijodkorlari boʻlib, teatr taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdilar. 1924-yilda teatrning bir guruh aktyorlari Moskvadagi oʻzbek drama studiyasiga oʻqishga yuboriddi. 1930-yilning oxirigacha kichik pesa va konsert dasturlari bilan kifoyalandi. Drama studiyasini tugatgan aktyorlar (B. Xoʻjayev, S. Abdullayev, A. Olimova, B. Jamolov, M. Musayev va boshqalar) qaytgach (1930), teatr tom maʼnoda professional teatr maqomiga ega boʻldi. Ular sahnalashtirgan „Isyon“ (D. Furmanov va S. Polivanov), „Zoʻraki tabib“ (J. Moler), „Qon va suv“ (L. Sayfullina) spektakllari teatrning professionallik darajasini yanada mustahkamladi. 1931-yil Ya. Bobojonov badiiy rahbar, Sh. Shorahimov esa bosh rassom etib tayinlandilar. 1930-yillarning oʻrtalari teatr ijodiy faoliyatida burilish davri boʻldi. Realizm uslubini chuqur egallash, erishilgan ijodiy muvaffaqiyatlarni mustahkamlash borasida jiddiy ish olib borildi. 1
Adabiyotlar
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. 1
The text above is adapted from the Wikipedia article “Buxoro teatri”, available under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 4.0 licence. 1
Bukhara Theater is recorded in open cultural data. The structured record cited below does not describe the practice, and this entry has not yet been reviewed by a person familiar with the tradition. 2