The tradition & historical record
3 min read · 2 sources„Lazgi“ xalqaro raqs festivali — Oʻzbekistonning Xorazm viloyati Xiva shahrida Ichan qalʼa majmuasida aprel oyida oʻtkazib kelinayotgan xalqaro tadbir. Festival UNESCO shafeligiga olingan. Lazgi — Xorazm raqsi boʻlib, UNESCOning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan. 1
Tarixi
Lazgi Xorazmning qadimiy raqsi hisoblanadi. Lazgi harakatlari tevarak-atrofdagi tabiat tovush va hodisalarini his tuygʻular uygʻunligida aks ettirish demakdir. Dastlab Xorazm yerlari, Xorazm raqsi bilan bogʻliq boʻlgan lazgi keyinchalik Oʻzbekiston boʻylab keng tarqalgan. Ushbu raqsning qadimiy suratlarini Xorazm viloyatidagi Tuproqqal’a arxeologik yodgorligidan topish mumkin, bu uning koʻp asrlik ildizlaridan dalolat beradi. 2019-yil 12-dekabr kuni UNESCO Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha hukumatlararo qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston madaniy merosi elementi oʻlaroq insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan. Shundan keyin 2020-yil 13-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taklifiga binoan 2022-yildan buyon har ikki yilda bir marta oʻtkazib kelinmoqda. Sanʼatsevarlar tomonidan „Lazgi“ga quyidagicha taʼriflar berilgan; 1
„Lazgi“ — muhabbat va qalb raqsi“, “Lazgi” — dunyodagi eng quyoshli va olovli raqs”, “Lazgi” — ruh va sevgi raqsi”, “Lazgi” jozibasi — qalblarni larzaga solar”, “Lazgi” — o‘ynamasang o‘ynatadi”, “Dillarga darmon “Lazgi”... 1
Festival jarayoni
2022-yil ilk bor oʻtkazilgan festivalda 30 dan ortiq mamlakatdan 175 dan ortiq vakil ishtirok etgan boʻlsa, 2024-yil ikkinchi marotaba tashkil qilingan festivalda 33 davlatdan, jumladan, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Indoneziya, Belarusiya, Rossiya, Serbiya, Italiya, Hindiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Yaponiya, Braziliya, Fransiya, Misr Arab Respublikasi, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY, Koreya kabilardan 200 dan ortiq raqqos va raqqosalar, raqs jamoalari, raqs sanʼati ustalari, musiqashunos va sanʼatshunos olimlar, taniqli sanʼatkorlar, mutaxassislar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etgan. 2024-yilda ushbu festival doirasida ilmiy-amaliy konferensiya ham tashkil etilgan boʻlib, unga 50 ga yaqin mahalliy olimlar, 25 dan ortiq xorijlik olim va soha vakillari, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Turkiya, Qirgʻiziston, Serbiya, Braziliya, Yaponiya, Ispaniya, Misr, Gruziya, Hindiston, Ukraina, Bolgariya, Qatar, Ozarbayjon va Oʻzbekiston AQSH, Avstriya, Iordaniya, Meksika, Gana, Makedoniya, Eron, Xitoy, Pokiston, Italiya va boshqa davlatlardan oflayn va onlayn tartibda ishtirok etishgan.