The tradition & historical record
1 min read · 2 sourcesGilkorlik — hunarmandlik turi; maxsus qorishmalar tayyorlash va uning yordamida tosh (marmar, harsang va b.), gʻisht terish, oʻyma, boʻyama naqsh ishlash sanʼati; shu soha bilan shugʻullanadigan usta gilkor deb ataladi. Gilkor ustalar qurilish ishi, qorishma tayyorlash, suvash, naqsh ishlash boʻyicha ixtisoslashadi. Qorishma (tarkibi unutilgan) devor yuzasiga surtilib, soʻng shu yuzaga naqsh oʻyib ishlanadi va boʻyaladi. Bu meʼmoriy bezak ganch oʻymakorligi va naqqoshligiga yaqin (qarang Ganchkorlik, Naqqoshlik). Eng rivojlangan davri 10— XII asrlarga toʻgʻri keladi. Afrosiyob (X asr), Termiz shohlarining saroy harobalari (11 — XII asrlar), Oʻzgandagi Shimoliy maqbara (XII asr), temuriylar davrida yaratilgan meʼmoriy yodgorliklar va b. da ganchkori yassi boʻrtma tasvirlar, naqshlar mahorat bilan ishlangan, ganchni oʻyib ajoyib naqshli panjaralar yasalgan. G. Oʻrta Osiyo, Hindiston, Xitoy, Yaponiya va b. Sharq mamlakatlarida rivojlangan, xilma-xil uslub va anʼanalari vujudga kelgan. Gilkor ustalar eng yaxshi anʼanalarni oʻzlashtirgan holda ularni zamon talablariga moslab ijodiy rivojlantirmoqda. 1
Adabiyotlar
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 1
The text above is adapted from the Wikipedia article “Gilkorlik”, available under the Creative Commons Attribution-ShareAlike 4.0 licence. 1
Gilkorlik is type of handicraft, according to the structured record cited below. This entry was generated automatically from that record and has not yet been reviewed by a person familiar with the tradition. 2





